Gipermorfoz
Gipermorfoz (giper… va Yun. Morphe — shakl, ko’rinish) — filoge- netik rivojlanish yo’li. Bunda alohida organlar (mas, qazilma qilich tishli yo’lbars va babirussaning qoziq tishla- ri, katta shoxli bug’uning shoxlari va b.) gipertrofiyasn tufayli organizmning muhit b-n munosabati buziladi. G.da organizmlar muayyan muhit sharoitiga juda tor doirada moslashganligi tufay- li muhitning har qanday o’zgarishi ular- ning qirilib ketishiga sabab bo’lishi mumkin.