Gipertermiya

Gipertermiya (giper… va Yun. Therme — issiq), organizmning qizishi, issiq elitishi — odam va hayvon orga- nizmida ortiqcha issiqlik to’planishi, haroratning juda yuqori bo’lishi. Tashqi omillar (mas, harorati nihoyatda yuqori bo’lgan i.ch. korxonalari, tashqi muhit sharoitlari) yoki bosh miya kasalliklari (miya shikastlari, miyaga qon quyilishi, o’sma paydo bo’lishi), issiqlikni nazo- rat qilish markazining izdan chiqishi (q. Termoregulyasiya) sabab bo’ladi. Agar gav- da harorati 41-42° ga etsa, issiq eli- tishi kuzatiladi, bunda moddalar Alma- shinuvi, qon aylanishi, miyaning kislo- rod b-n ta’minlanishi va b. faoliyatlar izdan chiqadi. Muskullarning zo’riqishi, mastlik, narkoz (asorati) holatlarida ham g. ro’y berishi mumkin. Ayrim in- fektsion va nerv kasalliklarini davo- lashda sun’iy g. qo’llaniladi.