Gipertrixoz

Gipertrixoz (giper… va Yun. thrichos— soch), badanni ortiqcha jun bosishi, sertuklik — endokrin bezlar funktsiyasining buzilishi natijasida badanni qalin tuk (jun) qoplashi yoki mutlaqo tuk bo’lmaydigan joylardan tuk chiqishi. Tug’ma va orttirilgan g. bo’ladi, bolaning kafti, tovoni, oyoq- qo’l barmoqlarining ichki tomonidan tashqari, badanning hamma qismi may- in, uzun, nozik tuk b-n qoplanadi. Tu- klar bir joyda (mahalliy, mas, yuzda) yoki badanning hamma qismida (tarqoq) uchrashi mumkin. Ichki sekresiya bezla- ri faoliyatining buzilishi, shuningdek, issiq, mexanik va kimyoviy ta’sirotlar natijasida badanning ma’lum bir joy- ida tuklar ko’p o’sadi. Butun badanning sertukligi, tabiatan kishi Konstitu- tsiyasiga (mas, janubdagi ba’zi xalqlar sertuk bo’lishi) ham bog’liq. Ustki lab, lunjlar, ba’zan engak va bo’yinda dag’al tuk (soqol-mo’ylov) o’sishi mumkin (q. Girsutizm); ba’zan balog’atga etish yoki klimakteriya davrida ham kuzatiladi. G. yaqqol namoyon bo’lib, kishi husnini buz- sa, kosmetolog-shifokorga ko’rinish, agar unga biror kasallik sabab bo’lsa, vaqtida davolatish zarur.