GIPERYADRO

GIPERYADRO — tarkibiga nuklon- lardan tashqari giperon ham kiradigan atom yadrosi. Yadrolarning sekin harakat qilayotgan K-mezonlarni tutishi, yuqori energiyali zarralarning yadro nuklonla- ri b-n o’zaro ta’siri natijasida g.-ya. vujudga keladi. Natijada sekin harakat qiluvchi lyambda L°-giperon hosil bo’ladi, bu giperon o’z navbatida yadro b-n bog’langan sistemani paydo qiladi. G.-ya. yashash vaqti L°- giperonning yashash vaqti b-n aniqlanadi (=1010 s). Birinchi G.-ya. ni 1952 y.da polyak fiziklari M. Danish va E. Pnevskiylar topgan. Barcha ma’lum G.-ya.lar lyambda g.-ya.lar hisoblanadi, ya’ni L”-giperonli yadrolardan iborat.