GIPOFIZAR KAXEKSIYA

GIPOFIZAR KAXEKSIYA (Cachexia hypophysialis), Simmonds kasalligi— gipotalamus yadrolari shikastlanganda va gipofiztsht ol- dingi bo’lagida tropgormonlar ishlab chiqarilishi kamayganda yoki butunlay bo’lmaganda kelib chiqadigan kasallik; gipotalamus markazlarining funktsio- nal buzilishi; gipotireoz, gipokorti- tsizm, gipogonadizm b-n ifodalanadi. Asosan jinsiy bezlar va qalqonsimon bez hamda buyrak usti bezi pust qavati faoliyatining etishmaslik belgilari namoyon bo’ladi. Bemor tez orada cho’p- ustixon bo’lib ozib, tashqi jinsiy bel- gilari yo’qolib, soch-kipriklari, hatto tishlari ham tushib ketadi, umuman moddalar almashinuvi izdan chiqadi va kaxeksiya belgilari ko’zga tashlanadi. Og’irroq kechganida gipofizar koma kuza- tiladi. Davo kasallik belgilariga qarab tayinlanadi. Oldini olish uchun yuqumli kasalliklarni o’z vaqtida davolatish, tug’ruq chog’ida qon ketganda uning o’rnini to’ldirish choralarini ko’rish zarur.