Giposmiya

Giposmiya (gipo… va Yun. osme — hid bilish) — hid bilish sezgisining susayishi. Bunday odam har qanday yoki ba’zi xidni sezmasligi mumkin. Bu- rundan nafas olish buzilganda, burun bo’shlig’ining shilliq qavati o’tkir yoki surunkali yallig’langanda, hid bilish nervining periferik qismi kasallan- ganda, hid bilish markazi zararlanganda (tug’ma g.) ro’y beradi. Bosh miyaning pe- shona bo’lagida yoki miyachada o’sma paydo bo’lganida, nevroz, psixoz kabi kasalli- Klarda ham ba’zan g. kuzatiladi. U bir va ikki tomonlama, vaqtincha yoki ayrim hidlarga nisbatan bo’lishi mumkin. Davo kasallikni keltirib chiqargan asosiy sabablarni bartaraf etishga qaratiladi.