Gipotermiya

Gipotermiya (gipo… va Yun. therme — issiqlik) — odam va issiq qonli hayvonlarda t-raning odatda- gidan pasayishi; bunga organizmda issiqlikning hosil bo’lishidan ko’ra ko’proq sarflanishi sabab bo’ladi. Ter- moregulyasiya (issiqlikning idora etili- shi) buzilganda, mastlik, qon yo’qotish, shok holatlarida organizmda issiqlik hosil bo’lishi b-n uning tashqariga chiqarilishi o’rtasidagi nisbat buzilib, gavda t-rasi pasayishi mumkin. G. tabi- iy va sun’iy bo’ladi. Tabiiy G. ko’pgina hayvonlarning qishki uyquga moslashish jarayonidir, bunda gavda t-rasi tushib ketganda ham ular bemalol yashay oladi. G. sharoitida moddalar almashinuvi, qon aylanishi, to’qimalarning kislorodga bo’lgan ehtiyoji keskin kamayadi. Bu esa tibbiyot amaliyotida odamning ham gavda t-rasini sun’iy tushirish imkoniyatini beradi. Gavda t-rasini sun’iy tushirish uchun vegetativ nerv sistemasiga ta’sir etadigan turli doridarmonlardan foy- dalaniladi. Sun’iy G.ning umumiy va mahalliy xillari bor. Sun’iy G. giper- termiyaning xavfli shaklida, kalla suya- gi — miya shikastlanishlari, me’da va o’n ikki barmoq ichak yarasining qonaydigan xillarini davolashda qo’llaniladi. Un- dan jarrohlik, ayniqsa yurakni opera- tsiya qilishda keng foydalaniladi, na- tijada qon aylanishi qisman yoki to’la to’xtatib qo’yiladi, natijada a’zo va to’qimalarda kislorod tanqisligi xavfi yo’qoladi.