GIPOTEZA

GIPOTEZA – ilmiy bilimlar rivoji, hodisalarning kelib chiqish sababi, xossalari va ularning amal qilishini tushuntirish maqsadida ilgari suriladigan, asoslangan tasawurlardan iborat bo’lgan shakldir. Gipoteza orqali bilimlarning rivojlanishi 2 bosqichda amalga oshadi: 1. Gipotezani qurish. 2. Gipotezani tekshirish. Gipotezani qurish mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish, ularni taqqoslash va ular o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash hamda ularni tahlil qilish asosida amalga oshadi. Gipotezani tekshirish gipotezadan kelib chiqadigan natijalarni umumiylikka tatbiq etib (deduksiya), ularni hodisalarning haqiqiy holati bilan taqqoslash orqali amalga oshadi.