Gipoteza

Gipoteza (Yun. hypothesis — asos, taxmin) — hodisalarning qonuniy (sa- babli) bog’lanishi to’g’risidagi taxm. mulohaza, faraz. G. ilmiy bilishni rivojlantirish uchun asos bo’ladi. G.ning mantiqiy jihatdan tahlil qilish (taqqoslash, analiz va sintez, mavhumlashtirish va umumiylashtirish) asosida bevosita bilimga o’tish, saba- biy bog’lanish asosida qonuniyatlarni ochish kabi bosqichlari bor. Umumiy G. bir guruh hodisalar, jarayonlar xusu- siyati va sababi to’g’risidagi, xususiy g. alohida, yakka hodisalar, jarayonlar sa- babi to’g’risidagi taxmindir. Har qanday G. tekshirishni talab qiladi. Natijada uning ehtimolligi ortadi yoki kamayadi, haqiqatligi isbotlanadi yoki rad etila- Di. Yangi faktlarni eski nazariyalar b-n izohlash mumkin bo’lmaganda, cheklangan miqdordagi faktlar va kuzatishlarni izohlashda g.ga ehtiyoj tug’iladi. U key- ingi bilimlarga, tekshirishlarga yo’l ochadi, yangi nazariyalar esa yana boshqa G.ni tug’diradi. G. bilish jarayoni- ning ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga egadir.