GIPS-BETON BUYUMLAR
GIPS-BETON BUYUMLAR – qurilish gipsi va gips-beton asosida tayyorlanadigan qurilish buyumlari. Ulardan to’siq plita va panellar, Pol ostiga yotqiziladigan plitalar, Sanita- riya-texnikasi kataklari, shamollatish (ventilyasiya) bloklari, qoplama listlar (gipsli quruq suvoq) ishlab chiqariladi. Gips-betondan tayyorlanadigan to’siq panellari havo namligi 60% dan osh- maydigan xonalarda ishlatiladi. Turar joy binolari uchun ishlatiladigani tutash qilib yoki eshik o’rni va framu- galar qoldirib, 6 m uzunlik, 3 m ba- landlik, 80-100 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. Panellarga ishlatiladigan gips-betonning mustahkamlik chegarasi kamida 3,5 Mn/m2 (35 kg kuch/sm2) bo’lishi lozim. To’siq plitalari gips-beton yoki gipsdan 80-100 mm qalinlikda tutash va ichi bo’sh qilib ishlab chikariladi. Pol ostiga yotqiziladigan plitalar 50-60 mm qalinlikda “xona o’lchamida” yoki xonaning bir bo’lagiga teng o’lchamda ishlab chikariladi. Bunday plitalar gips-betondan tayyorlanib, yog’och reyka- lar b-n armaturalanadi. Sanitariya-tex- nikasi kataklari vertikal krliplarda qoliplanadigan yoki alohida panellar- dan yig’iladigan hajmiy elementlar tarzida ishlab chikariladi. Shamolla- tish bloklari “qavat”ga teng baland- likda, 180 mm kalinlikda, 140 mm dia- metrda ochiq vertikal teshikli qilib ishlab chiqariladi. Qoplama listlar havo namligi 70% dan oshmaydigan xo- nalarning ichki devorlariga krplash uchun ishlatiladi. Bunday listlar ora- siga gips to’ldirilgan kartondan iborat. Qoliplash konveyerlarida 2500-3300 mm uzunlikda ishlab chikariladi. Bular- dan tashqari devor toshlari, qavatlararo yopmalar, chordoq yopmalari detallari, karnizlar, tovushni yutuvchi material va yong’indan muhofazalovchi buyumlar yasa- ladi. G.-b. b. ishlatilganda yog’och materi- allar tejaladi. Namdan asrash uchun g.-b. b.ning sirti suv o’tkazmaydigan bo’yoqlar yoki pastalar b-n qoplanadi.