Gips bog’lov

Gips bog’lov — tez qotadigan bog’lov; doka bintga gips kukunini bir tekisda yoyib tayyorlanadi. Tib- biyot amaliyotida singan oyoq-qo’lni harakatsizlantirish (q. Immobiliza- tsiya) uchun qo’llaniladi. Birinchi bo’lib N. I. Pirogov taklif etgan (1854). Suyak singanda va bo’g’imlarga shikast etganda, ularni qimirlamaydigan qilib qo’yish, suyak-bo’g’im silini davolash, tug’ma va hayot davomida qiyshayib qolgan umurtqa pog’onasini to’g’rilash uchun ishlatiladi. G. b. ishlatilishidan oldin tog’oradagi iliq suvga tiqib olinadi. Suvni yaxshi shimib olgan gipsli bintni bir oz siqiladi va yalang’och badanga yoki nam tortmaydigan paxta ustidan qo’yiladi. G. b. badanga tekis va jips yopishib, qimirlatmay qo’yadi. G. b. aylanma yoki gips longeta shaklida bo’lishi mumkin. Oyoq- qo’l yoki tanaga aylanma g. b. qo’yiladi. Gavdaning biror qismini qimirlatmay qo’yish uchun gips longeta va b. ishlati- ladi. Umurtqa pog’onasi silida gipedan yasalgan maxsus karavotlar, suyak ochiq singanida yoki operasiya qilinganida shikastlangan sohada teshik qoldirilgan G. b.lar qo’llaniladi. G. b. juda siqib qo’yilsa, qon aylanishi buzilishi mum- kin: g. b. qo’yilgan joy ogriydi, chumoli yurayotgandek tuyuladi, shishadi, soviydi, oyoq yoki qo’l barmoqlari ko’karadi yoki oqaradi, hech narsa sezmay qoladi. Bunday hollarda darhol vrachga ko’rsatish kerak. G. b.ni bo’linib ketishdan saqlash lozim, aks holda shikastlangan joyning bitishi buziladi. Oyoqqa qo’yilgan g. b. kir bo’lib ketmasligi uchun ustidan paypoq kiyi- ladi, qo’l yoki b. joyda bo’lsa bint o’rab, kir bo’lganda almashtirib turiladi. Yosh bolalarga g. b. qo’yilsa, ustidan kleyonka o’rab qo’yilgani ma’qul, aks holda ular yozilganda nam tegib g. b. tushib ketishi mumkin.