Gipsli cho`llar
Gipsli cho`llar – cho`l tiplaridan biri. O`rta Osiyoning shimoliy qismidagi supasimon qirlarda, tog` oldi tekisliklarida uchraydi. Tuprog`i gipsli bo`z tuproq. Tuproq yuzasi karbonatli bo`lib, tagida qalin gips qatlami bo`ladi. Shuvoq-sho`ra o`simliklari siyrak o`sadi. Osiyo, Shimoliy va Janubiy Afrikada, Shimoliy Amerikada va Avstraliyada bor.