Girih

Girih (fors. — muammo, tugun, chigal) — murakkab handasiy naqsh; me’morlik va badiiy hunarmandlikda keng ishlatiladi. Naqsh asosi uchbur- chak, to’rtburchak, murabba, aylana va yoy shaklli taqsimlardan tashkil topadi. Handasiy jihatdan g.ni tahlil etish, chizib chiqish, yangi turlarini ijod etish maxsus tayyorgarlik va mahoratni talab qiladi. G.lar yaratilish davrida soda bo’lib, keyinchalik takomillashib, mu- rakkablashib borgan. G. qancha murakkab mujassamotga ega bo’lmasin, uning qulay tomoni ham bor: har qanday g. takrorla- nuvchi ma’lum bo’lak (taqsim)larga AJ- raladi. Taqsimlar takrorlangan sari go’zal, jozibador bo’lib boradi. Shu tu- fayli ba’zi sodda g.lardan tashkil top- gan murakkab g.ni qayta parchalab, bir necha sodda va mustaqil g. yasash, ikki g.ni bir-biriga chatishtirib uchinchi xil g. yaratish mumkin. Shakllariga qarab g.lar turlicha nomlanadi: taqsim asosida 5 va 10 qirrali yulduz bo’lsa “5 va 10 qirrali G.”, pargar yordamida chizilgan egri chiziqlardan yasalsa “Pargari g.”va h.k. Saqlanib qolgan me’moriy obidalar, ro’zg’or buyumlari (barkash, obdasta, la- gan, sopol idishlar, gilam, palak va b.), zardo’zlik, kitob bezaklarida g. naqshi ko’p uchraydi. Ayniqsa me’moriy beza- klar orasida g. etakchi (islimiy naqsh ik- kinchi) o’rinni egallaydi. Me’moriy yod- gorliklardagi g.larni yasash kalitini to- pish ko’pincha ancha mashaqqatli mehnatni talab etadi. Naqqosh, girihshunos usta Z.Bositxonov ko’pgina (300 dan ortiq) G.larni tiklagan va ularni qurish yo’llarini topgan, yangilarini yaratgan. G.ning qachon, qaerda vujudga kelganligi noma’lum. Hoz. O’zbekistan hududidagi me’moriy obidalardan xususan 10-a.da Arabota maqbarasi (Samarqand viloyati), Mirsaid Bahrom (Karmana), Raboti Ma- lik karvonsaroyi (Navoiy), Juma masji- Di (Xiva), 12-a.da Afrosiyob (Samarqand), Termiz shoxlar saroyi, masjidi Kalon (minorasi, 12-a., Buxoro), 15-16-a.lar- da Xo’ja Ahmad Yassaviy majmuasi (tur- kiston), Registon maydonidagi Ulug’bek, Sherdor, Tillakori madrasalari, Bi- bixonim masjidi, Shohizinda ansam- blidagi ko’pgina binolar (Samarqand), Ko’kaldosh, Barokxon madrasalari, zan- giota maqbarasi (Toshkent), Xudoyor- xon saroyi hamda masjidlari (Qo’qon) bezaklarida g. naqshi ko’plab uchraydi. 10-11-a.larda faqat ganchda, 12-a.da sopol buyumlar va g’isht qalamalarida, 14-a.dan koshin, parchin, yog’och, tosh va rangli naqshlarda uchraydi. 15-a.ga ke- lib sopolga o’yilgan naqshlar yuzala- riga sir berish rasm bo’ldi. G.ni ish- latish imkoniyatlari yana kengaydi. 20-a.da o’zbekistonlik usta Shirin Mu- rodov, Shamsiddin G’afurov, Maxmud Usmonov va b. ustalar binolarni bez- ashda qo’llagan g.lar o’zining sodda va go’zalligi, ajoyib va mukammalligi b-n ajralib turadi. G.ning bunday namuna- larini Toshkentdagi Navoiy, Muqimiy teatr binolari, O’zbekistan xalqlari ta- rixi muzeyi, xalqlar do’stligi saroyi, metro bekatlari va b. da ko’rish mumkin. Ayniqsa, O’zbekistan mustaqilligidan keyin barpo qilingan Temuriylar ta- rixi davlat muzeyi, Buxoriy majmu- asi, Oliy Majlis binosi kabi yirik me’moriy inshootlar, jamoat (choy- xona, mahalla guzarlari va b.) va Xu- susiy binolar bezagida g. naqshning asosiy turlaridan biriga aylandi. Po’lat Zohidov.