Girin, Szilin
Girin, Szilin — shim.-Sharqiy Xitoydagi provintsiya. Mayd. 187 ming km2. Aholisi 26,4 mln. kishidan ziyod (1998), aksariyati xitoylar, shuningdek, koreys va manchjurlar ham yashaydi. Ma’muriy markazi — Chanchun sh. G.ning Jan.-Sharqiy qismini bal. 500-1200 m bo’lgan Manchjuriyakoreya tog’lari egal- lagan. Eng baland eri — 2744 m (Bayto- ushan tog’i). Iqlimi mo”tadil, musson- li. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -17°, -20°, iyulniki 20-24°. Tekislik joylari- da yillik yog’in 400— 600 mm, tog’larda 1000 mm gacha. Hududining ancha qismida dehqonchilik qilinadi, 1/3 qismi o’rmon. G.—mamlakatning muhim sanoat rni. G. hududida toshko’mir, mis, qo’rg’oshin-rux, temir rudalari, oltin qazib olinadi. So’ngari dar`sida katta GES qurilgan. G.da avtomobilsozlik, qora Metallur- giya (Tunxua) sanoatlari barpo etilgan. O’rmon, yog’ochsozlik, qog’oz va kimyo sano- atlari rivojlangan. Q.x.da dehqonchilik etakchi o’rinda. Asosiy ekinlari: makkajo’xori, tariq, gaolyan, sholi, qand lavlagi. Qoramol, cho’chqa, qo’y, yilqi, ma- ral boqiladi. Jenshen yig’iladi.