Gisterezis
Gisterezis (Yun. hysteresis — orqada qolish, kechikish) — tashqi kuch ta’sirida jismda paydo bo’ladigan “qoldiq” xossa. Magnit, dielektrik va elastik xillari bo’ladi. Tashqi magnit maydoni ta’sirida jismda magnit xos- sasi qolishi magnit g. deyiladi. Agar magnit maydoniga joylashtirilgan te- Mir, nikel va b. ning magnitlanishi b-n magnit maydon kuchlanganligi N orasi- dagi bog’lanish egri chiziq orqali ifo- dalansa, magnitsizlanishda bu bog’lanish egri chiziq 2 b-n ifodalanadi. Magnit maydonini +N dan —# gacha o’zgartirib, tajriba takrorlansa, egri chiziq 3 chi- ziladi; bu chiziqlar g. yaprog’ini hosil qiladi. Magnit G. qoldiq magnetism deyiladi. Ba’zi dielektrik (segneto- elektrik) materiallarda ham elektr g. hodisasi kuzatiladi (dielektrik g.). Dielektrik (mas, segnet tuzi) o’zgaruvchi elektr maydoniga joylashtirilganda yuz beradigan g. hodisasi elektr may- doni kuchlanganligi E b-n dielektrik- ning qutblanishi R orasidagi bog’lanish grafigi (g. yaprog’i) b-n ifodalanadi. Dielektriklar o’z-o’zidan qutblanish xossasiga va domenlarga ega bo’ladi. De- formasiya tufayli ham g. yaprog’i hosil bo’ladi (elastik g.), buning uchun elastic qattiq jismga osilgan yuk asta-sekin ko’paytirilib, so’ng kamaytiriladi. Ki- myoviy jarayonlarda xam g. hodisasi ro’y beradi, mas,sorbtsion g., bunda adsorb- tsiya va desorbtsiya hodisalari tufayli kimyoviy jarayon grafigi g. yaprog’ini hosil qiladi. G. hodisasidan texnikada keng foydalaniladi (mas, yurgizish Reo- stati, g. dvigateli va b.).