Gistogenez

Gistogenez (gisto… va genez) — ontogenezla ko’p hujayrali organizm- lar to’qimalarining paydo bo’lishi, funktsiyasi va qayta tiklanishini ta’- minlaydigan filogenetik jarayonlar majmui. To’qimalar ontogenez jarayo- nida organizm rivojlanishining dast- labki davrlaridayoq muayyan embrion varaqlaridan proliferasiya, o’rin al- mashinish (morfogenetik harakatlanish) va b. jarayonlar natijasida vujudga keladi. G.ning muhim omili xilma- xil morfologik va fiziologik tipda- gi hujayralarning paydo bo’lishiga va ularning organizmda muayyan qonuniyat asosida taqsimlanishiga olib keladi- gan determinlashgan hujayralarning ixtisoslashuvidan iborat. G.da ba’- zan hujayralar oralig’i moddasining hosil bo’lishi kuzatiladi. G.ga kirish- gan hujayralar muayyan guruhlarga bo’linadi: o’ziga o’xshash hujayralarning ixtisoslashib etishib chiqishiga yoki bun- Day hujayralarning o’rnini to’ldirishga imkon beradigan asos soluvchi (ajdod) hujayralar; boshlab beruvchi (chala asos soluvchi), ya’ni ixtisoslashgan, Le- kin bo’linish xususiyatini yo’qotmagan hujayralar; ixtisoslashib etishgan hujayralar. Postnatal davrda reparative G. shikastlangan yoki qisman yo’qotilgan to’qimalarning qayta tiklanishidan ibo- rat. G.dagi sifat o’zgarishlari o’smalar paydo bo’lishi va o’sishiga olib keli- shi mumkin. G. gistologiyatlsh asosiy bo’limlaridan biri hisoblanadi (yana q. To’kima, to’qima kulturasi).