Gizlar

Gizlar (Guise) Frantsiyadagi Aristokratlar urug’i, Lotaringiya gersogla- ri xonadonining yon tarmog’i. Asosiy vakillari: Fransua giz (1519— 63) — Mesni imperator Karl V qo’shinlaridan mudofaa qilishda (1552), inglizlardan Kaleni olishda (1558) Shuxrat qozongan, diniy urushlarning boshlang’ich davrida katoliklar qo’shini qo’mondoni; Genrix Giz (1550-88), Fransua gizning o’g’li — Varfolomey tuni (1572) tashkilotchila- ridan biri, Genrix III ni ag’darib, taxtga G.ni o’tqazishga intilgan katoliklar li- gasi boshlig’i. Genrix III farmoniga ko’ra qatl etilgan. Diniy urushlar tugashi b-n G. mavqei pasaygan. 17-a. oxiriga kelib esa g. xonadonidan hech kim qolmagan.