Gladiolus
Gladiolus (Gladiolus L.) — sav- sarguldoshlar (savsargullilar oilasi)ga mansub tuganak piyozli ko’p yillik, man- zarali o’simlik. 200 ga yaqin turi bor. O’rta Osiyoda 3 turi o’stiriladi. Ekma G.ning 8 mingga yaqin navi bor. Poyasi tik, deyarli shoxlamaydi, bo’yi 40-200 sm. Bargi qilichsimon, poyada ikki qator bo’lib joylashadi. Guli karnay shaklida, sal qo’sh labli va bukilgan naysimon, 20 sm keladi. Gullari poya uchida bir qator, ba’zan ikki qator o’rnashadi (gul poyasi- dagi gullarning soni 25 tagacha bo’ladi). Mart—apr.da ekiladi, iyundan avg.gacha (yanv.—Fev.da tuvaklarga o’tqazilgani apr,—mayda) ochiladi. Ertagisi 80, kech- kisi 90 kunda ochiladi. G. ekiladigan er kuzda 35— 40 sm chuqurlikda haydalib, gektariga 80-100 t go’ng yoki kompost, 250— 300 kg fosforli, 120— 150 kg kaliyli o’g’it, bahorda ekish vaktida 250— 300 kg azotli o’g’it solinadi. Kuz- da tuganakpiyozi po’stidan tozalanib, sovuq suvda yuvib quritiladi, so’ngra erto’lada 4-5° haroratda saqlanadi. O’zbekistonda G.ning Kanada (Kanadu), Minerva (Minera), monsoer (Monsouer), Pikardi (Picardi) navlari o’stiriladi.