Glikollar

Glikollar (Yun. glykys — shirin), alkandiollar, ikki atomli spirtlar — alifatik qatorning umumiy formula- si SpN2p(on)2 bo’lgan qo’sh gidroksil guruhli organik birikmalar. Eng oddiy vakili etilenglikol NOSN2—SN2ON. Tu-ban g. — suv va spirtda yaxshi eriy- digan rangsiz qovushqoq suyukliklar, yuqori g. — spirt va efirda yaxshi, suv- da yomon eriydigan qattiq moddalar. G. kimyoviy xossalari jihatdan bir atom- li spirtlarga o’xshaydi. G. ishkrriy me- tallar va ularning gidroksidlari b-n glikolyatlar, bir asosli karbon kislo- talar, ularning angidridlari yoki xlo- rangidridlari b-n murakkab mono – va diefirlar, ikki asosli kislotalar va ularning hosilalari b-n murakkab po- liefirlar, quyi molekulyar ikki asosli kislotalar va ularning efirlari b-n TSI- klik birikmalar hosil qiladi. G. tegish- li digalogenidlarni yoki xlorgidrin- larni gidroliz qilib, 1,2-g. esa tegishli epoksid yoki olefinlardan gidratasiya usulida olinadi. Yuksak G.ning murakkab efirlari erituvchilar va plastifika- torlar sifatida ishlatiladi. Ular anti- frizlar, gidravlik suyuqliklar olishda, G. efirlari sintezida, poliefir smola- lar i.ch.da qo’llaniladi.