Glikozidlar
Glikozidlar — molekulala- ri uglevod b-n biror organik birik- ma qoldig’i (aglikon)ning glikozid bog’ orqali birikishidan hosil bo’lgan or- ganik moddalar. Ularning ko’pchiligi kristall, achchiq ta’m va o’ziga xos xid- li birikmalardir. O’simliklarda ko’p uchraydi, ularda turli moddalar g. sha- Kliga kiradi va shu shaklda saqlanadi. Hayvonlar organizmida ham g. borligi aniqlangan. Moddalar almashinuvida G.ning ahamiyati beqiyos. Achchiq bodom, o’rik, shaftoli, olxo’rining bargi va danagida buladigan amigdalin; gorchisa va xrendagi — sinigrin; kartoshkadagi — solanin hamda o’simliklarni bo’yovchi — antosianinlar eng muhim g. qatoriga kiritiladi. Ularning ayrimlari (azo- nin, strofantin) tibbiyot amaliyotida, ayniqsa yurak-tomir kasalliklarida (yurak g.i.) qo’llaniladi. Hayvonlar mi- yasidagi tserebrozidlar va streptomisin antibiotigi ham g.ga kiradi.