GNOTOBIONTLAR

GNOTOBIONTLAR (Yun. Gnotos — ma’lum va biotos — hayot, tiriklik) — mikroorganizmlardan tamoman xoli bo’lgan hayvonlar. G.ni ilmiy tadqiqot ishlari uchun steril sharoitda etishti- riladi. Ba’zan biror mikroorganizm b-n maxsus zararlangan hayvonlarni ham G. deyiladi. Mikrobsiz hayot mumkin- ligi to’g’risidagi g’oyani birinchi marta L. Paster (1885) o’rtaga tashlagan edi, ammo faqat 20-a.ning 40-y.lari oxiri- ga kelib Amerika va Yaponiya olimlari steril va maxsus apparatura yordamida mikrobsiz hayvonlarni rivojlanti- rish va ko’paytirish uchun sun’iy sharo- it yaratishdi. G. (dengiz cho’chqachalari, sichqonlar, quyonlar va b. lab. hayvonlari hamda cho’chqa, buzoq va b.) dan ekspe- rimental biol. va tibbiyotning turli sohalarida foydalanishi 20-a.ning 60-y. lariga kelib mustaqil ilmiy yo’nalish — gnotobiologiyaning rivojlanishiga olib keldi. G.ning birinchi avlodi bacha- dondan homilani steril chiqarib olish yoki qushlar, hasharotlar va b.ning za- rarsizlantirilgan tuxumlarini inkuba- tsiya qilib, so’ngra maxsus izolyatorlarda o’stirish orqali olinadi. G. boshqa normal mikrofloraga ega bo’lgan hayvonlardan ba’zi (xususan tabiiy sharoitda mikro- flora b-n kontaktda bo’ladigan) organlar va to’qimalarning o’ziga xos tuzilishi va fukntsional faolligi b-n farq qiladi. G.ni olish immunitet mikrob (parazit) b-n xo’jayin organizmi o’zaro ta’siri mexanizmlarining shakllanishi, ovqat hazm qilish fiziologiyasi, infektsi- on patologiya va b.ni qat’iy nazorat qilinadigan sharoitda o’rganishga imkon beradi. G. sohasida tadqiqotlar tabiiy sharoitda organizmda normal mikroflo- ra bo’lgandagina hayvonlar normal hayot kechirishi mumkinligini ko’rsatdi. Gno- tobiologiya usullaridan klinik tibbiyot, mikrobiologiya, immunologiya, virusolo- giya, parazitologiya va b. sohalarda, shu- ningdek, diagnostik zardoblar i.ch., Far- makolotik va biologik preparatlarni sinab ko’rishda foydalaniladi.