GOASIN

GOASIN (Opisthocomus hoazin) — kakkusimonlar oilasining turi, ba’zan tovuqsimonlar turkumi goasinlar ken- ja turkumiga kiritiladi. Uz. 60 sm ga yaqin, boshida uzun kokili bor. Tumshug’i yo’g’on, ilmoqli. Juda yirik jig’ildoni bo’lgani tufayli to’sh suyagi va to’sh mu- skullarining ko’p qismi qisqarib ketgan. Jig’ildoni oziq b-n to’lganida g. tanasi- ning og’irlik markazi oldinga tushadi. Shuning uchun g. ko’kragi (maxsus qadog’i) ga tayanib va qanotlari b-n shoxlarni ush- lab daraxtda o’rmalab yuradi. Yaxshi uchol- maydi, asosan daraxtda yashaydi. Jan. Amerikaning shim.-Sharqiy qismidagi yirik daryolar va ular irmoqlari vo- diylarining suv bosgan o’rmonlarida Tarqalgan. 40 ga yaqin qushlardan iborat gala bo’lib yashaydi. Ko’payish davrida suv ustidagi daraxtlarning shoxiga bir necha kush bitta umumiy uya quradi. Uyaga 2-4 tuxum qo’yadi. Tuxumini bir necha modasi navbat b-n bosadi. Tuxumdan chiqqan jo’jasi oyoq va tumshuqlari hamda qanotlaridagi birinchi va ikkinchi bar- moklarining uzun tirnoqlari yordamida daraxtlarda o’rmalab yuradi. Jo’jasi yaxshi suzadi va sho’ng’iydi, lekin bu Xu- susiyatini keyinchalik yo’qotadi. G. meva, don va barglar b-n oziqlanadi. Go’shti eyilmaydi.