Gobbs (Hobbes) Tomas
Gobbs (Hobbes) Tomas (1588.5.4, Malmsberi — 1679.4.12, Xarduik) — ingliz faylasufi. Ruhoniy oilasi- da tug’ilgan. Oksford un-tini bitir- gan (1608). G. dunyoqarashi 17-a. ingliz inqilobi ta’sirida shakllandi. Fal- safada g. zamonasidagi tabiatshunos- lik b-n bog’liq mexanistik materialism tarafdori bo’lgan. U geometriya va me- xanikani ilmiy tafakkurning ideal namunasi, deb bilgan. Tabiatii kat- ta-kichikligi, shakli, o’rni va xarakati (joyini o’zgartirishi) b-n farqlanuvchi jismlar majmui, deb hisoblagan. G. faqat Real jismlar mavjud, qolganlari to’qib chiqarilgan tasavvurlardir, dey- Di. Uning tafakkurni fikr qiluvchi materiyadan ajratib bo’lmaydi, degan qarashi muqimdir. G. inson aklidagi tu- shuncha dastlab sezgi a’zolarida qisman yoki to’la vujudga keladi deb, empi- rik bilish nazariyasi mavqeida turgan. G. fikricha, davlat paydo bo’lguncha xusu- siy mulkchilik bo’lmagan. Kishilar bir- birini o’ldirib qo’ymasliklari, tala- masliklari uchun kelishilgan holda, ay- rimlarning huquqini cheklash maqsadida davlat kelib chikdi. G. mutlaq monarxi- yani davlatning eng yaxshi shakli desada, inqilobiy tamoyillarga ham o’rin bergan. Asosiy asarlari: “falsafa asoslari” (1642-58), “fuqarolik haqidagi ta’li- Motning falsafiy elementlari” (1642), “Leviafan” (1651).