Goboy

Goboy (nem. Oboe Frans. Hautbois — baland daraxt) — tilchali puflama musiqa sozi. 17-a.ning 2-yarmi Frantsi- yada Sharq (Arab) mamlakatlaridan o’tgan surnaysimon shalmey cholg’usi zamirida paydo bo’lgan. Zamonaviy G.ning 25 ta teshikchasi bo’lib, 22-24 tasi klapanlar b-n berkitilgan bo’ladi. Qo’sh tilchasi qamishning maxsus turidan ishlanadi. Ikki tuzilishdagi (nemischa, frantsuzcha) G. mavjud. Frantsuzcha G. keng tarqalgan, u takomillashgan klapan mexanizmi, ohangining sofligi, sadolantirilish va dinamik imkoniyatlarining boyli- gi b-n ajralib turadi. G. simfonik or- kestrdagi yog’och puflama cholg’u asboblar ichida muhim o’rin tutadi. Yakkanavoz soz, ansambl sozi sifatida ham ishlatila- Di. Kichik G., G.-Alt yoki g. D’Amur, in- glizcha rojok (burg’ucha) xillari mavjud. O’zbekistonda N. Kenjaboev, V. Melko- mini kabi goboychilar tanilgan.