G’OIBIY ABDURAHMON
G’OIBIY ABDURAHMON (1899, Marg’ilon — 1931, Moskva) — ma’rifatparvar pedagog. Rus-tuzem maktabi (1915), Orenburgdagi “Madrasai Husayniya” (1918), Toshkentdagi maorif instituti (1921) ni tugatgan. Arab, fors, turk, rus tillarini bilgan. Qo’qon va Marg’ilon shaharlaridagi maktablarda (1919-20), Toshkentdagi o’qituvchilar tayyorlash kursida (1921 — 23) o’qituvchi, 1-internat mudiri (1923-25), Farg’onada o’qituvchilar tayyorlash kursida mudir (1925-26), Farg’ona ta’lim-tarbiya texnikumida ilmiy mudir, o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi, okrug xalq maorif bo’limi, O’zbekiston maorif xalq komissarligida metodist (1926— 30). 1931 yil millatchi sifatida qamoqqa olinib, Moskvaga jo’natilgan. “Yozuvimizni lotinga o’tkazish” (1930. Samarqand), “ona tili va adabiyotdan o’qitish yo’llari” (1930, Samarqand), “kattalarni qanday o’qitish kerak?”(1930, Toshkent-Boku) o’quv qo’llanmalari muallifi. “Farg’ona xalq qo’shiqlari”ni to’plagan.