Golf
Golf (ing. golf) — sport turi. To’p va chavgonlar b-n ochiq maydonda o’ynaladi. Bunda 50 mingdan 200 ming m2 gacha sahnga ega bo’lgan past-balandligi o’rtacha tabiiy maydon (qir-adir, isti- roxat bog’i, o’rmon chekkasi) kerak, unda tabiiy holatida qoldirilgan 9 yoki 18 ta yo’lak-trassa belgilanadi; har qaysi yo’lakning uz. 150 dan 470 m gacha, kengli- gi 30-40 m. Birinchi yo’lak boshlani- shida taxm. 4 m2 kattalikdagi maydoncha tayyorlanadi, har bir yo’lakning oxiri- da o’rtasida o’yiq-chuqurcha (chuqurligi 11 sm va diametri 10 sm)li taxm. 20 m2 keladigan maydoncha bo’ladi. O’yinchilar joy relefi va to’pni yo’naltirish kerak bo’lgan masofa qandayligiga qarab katta- ligi, yo’g’onligi, uchining shakli birmun- cha farqlanadigan, uz. 85-110 sm chavgon (Kleb)lardan foydalanadilar. O’yinning maqsadi to’pni (vazni 44 g quyma re- zinali koptok) chavgon b-n urib barcha yo’laklardagi chuqurchalarning har biri- ga olib borib tushirish. Bu ishni kamroq zarb b-n amalga oshirgan o’yinchi yoki ja- moa g’alaba qiladi. G. o’yini o’rta asrda Daniyada paydo bo’lgan. AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Avstraliyada tarqalgan. 1900 va 1904 y.da Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilgan edi. G.ni asosan o’rta va katta yoshdagilar o’ynaydi. G. O’zbekistonda ham ommaviylasha bosh- ladi. Bunda 1998 y.da qurib bitkazil- gan Toshkent g. klubi katta ahamiyat kasb etdi. Bu klub O’rta Osiyo mintaqasida bi- rinchi bo’lib xalqaro g. musobaqalarini o’tkazish imkonini yaratdi. 2001 y. 20 mayda Toshkent g. klubida g. bo’yicha O’zbekistonning birinchi ochiq chem- pionati o’tkazildi. Unda O’zbekiston, AQSh, Germaniya, Jan. Koreya, Malayziya, Angliya, Shotlandiya, Kanada, JAR va b. mamlakatlardan 100 ga yaqin sportchi qatnashdi.