Golland qoramol zoti
Golland qoramol zoti – suti uchun boqiladigan zot. Gollandiya- da mahalliy qoramol zotlarini uzoq davr yaxshilash yo’li b-n etishtirilgan. G.q.z.ning tana tuzilishi mustahkam, gavdasi katta, tusi ko’pincha qora-ola. Sigirlarining vazni 500-600 kg, buqalariniki 700-900 kg. Buzoqlari 38— 42 kg tug’iladi, 6 oylik bo’lganda 160— 170 kg keladi. Sigirlari o’rtacha 3800— 4200 kg, sof zotlilari 4500— 5500 kg gacha sut beradi. Suti moylili- gi 4— 4,2%. Jahondagi ko’pgina mamla- katlarga tarqalgan va bu joylarda unga qarindosh bo’lgan Friz (Buyuk Britaniya, Frantsiya), golshtinfriz (AQSh, Kanada, Yaponiya), Daniya qora-ola, shved qora-ola, ostfriz, nemis qora-ola zotlari va b. chiqarilgan. G.q.z. Rossiyaga 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida keltirilgan. Undan jaydari qoramol zotlari b-n urchitib, xolmogor, Tagil, Bestujev zotlarini chiqarishda foydalanilgan. Turli mam- lakatlarda chikarilgan qora-ola qoramol zotlari mahsuldorlik va tana tuzilishi- ga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Ular- dan AQSh golshtinfriz qoramoli eng yuqori mahsuldorligi b-n ajralib tura- Di (sog’im davrida 10000 kg gacha sut be- radi). O’zbekistonda mahalliy qoramol zotlarini g.q.z. b-n urchitib etishti- rilgan qora-ola zot respublikaning hamma viloyatlarida (Toshkent viloyatida ko’proq) boqiladi.