GO’MMA

GO’MMA — somsaning Xorazmda tayyorlanadigan bir turi. Suvga xamirturush, shakar, tuz, un qo’shib xamir qoriladi. So’ngra eritilgan margarin xamirga singib ketguncha ishlanib, oshirishga qo’yiladi. Xamir 3-4 soat oshgach, yana mushtlanib qayta oshiriladi. So’ngra o’simlik yog’i surtilgan stolda arqonsimon qilib yoyiladi. 25 grammdan bo’laklarga bo’lib, yumaloqlanadi. 4-5 millimetr qalinlikda yoyiladi, o’rtasiga qiyma solib ikkiga buqiladi, yarim oy shaqlida tugilib, 30 daqiqa tindirilgandan so’ng qizdirilgan yog’da pishiriladi. Go’mma kartoshka, oshqovoq, ko’k solib tayyorlanishi ham mumkin.