Gomofoniya
Gomofoniya (gomo… va Yun. Phone — tovush, ovoz) — musiqada ko’p ovozli- lik turi; g.da bir (odatda yuqoridagi) ovoz etakchi bo’lib, boshqa ovozlar unga bo’ysunadi, jo’r bo’ladi. Bu xususiyati b-n G. barcha ovozlarning teng huqukliligiga asoslanuvchi polifoniyapan farq qiladi. G. atamasi asosan kompozitorlik ijodi- yotiga nisbatan ishlatilsada, g.dagi ovoz- larning badiiy-ifodaviy nisbatlari (tengsizligi) og’zaki an’anadagi musiqa, jumladan o’zbek xalq musiqasiga ham xosdir (mas, doira yoki dutor jo’rligida qo’shiq aytish va h.k.). Kompozitorlar ijodida g., avvalo, opera, oratoriya, Kan- Tata, jo’rli yakkaxon qo’shiqda va cholg’u musiqasida qaror topdi. 17-19-a.lar G’arbiy Evropa musiqasida g.ning keng tarqalishi garmoniya vositalarining jadal rivoji b-n barobar bordi. 20- a. boshlarida gomofonik musika shak- llari o’z rivojining ma’lum poyoniga etdi. O’zbekistan kompozitorlari (M. Burhonov, S. Yudakov, M. Bafoev va b.) ham g. xususiyatlaridan unumli foyda- landilar.