Gomoseksualizm

Gomoseksualizm (gomo… va lot. sexsus — jins), gomoerotizm — jinsiy mayl aynishining bir turi, o’z jinsidagi kishilar b-n jinsiy aloqa qilish. Erkaklarda ham, ayollarda ham uchraydi. Erkakning erkak b-n jin- siy aloqada bo’lishi (erkaklar g.i) — besoqolbozlik, bachchabozlik, Bolabozlik. Bu holat o’tkinchi bo’lishi, ya’ni erkak jinsiy maylini qondirib turadigan ki- shisi — ayolini yo’qotganida kuzatilishi mumkin, lekin g. aksari kishi genotipi- dagi irsiy kamchilikka bog’liq bo’ladi, ya’ni kasallik tarzida uchraydi. Odamda jinsiy maylning qaror topishida ir- siy sabablardan tashqari uning turmush tarzi ham katta ahamiyatga ega. G.ning ayrim ko’rinishlari qadimdan ma’lum. G. jinoyat hisoblanganligi uchun O’zbekiston Respublikasi Jkda (120-modda) jinoiy jazo belgilangan.