Gomotetiya

Gomotetiya (Yun. homos — o’xshash va thetos — joylashgan) — tekislik yoki fazoning har bir L nuqtasiga M’ nuqtani mos qilib qo’yadigan almash- tirish; bunda SM’= SM k tenglik qanoatlantiriladi, bu erda S — beril- gan nuqta; u g.ning markazi deyiladi, k esa nolga teng bo’lmagan o’zgarmas son; bu son g.ning koeffisienta deyiladi. k>0 bo’lganda M va M nuktalar boshi S bo’lgan bitta nurda yotadi, k<0 bo’lganda M va M nuqtalar to’g’ri chiziqning boshi S nuqtada bo’lgan turli nurlarida yotadi. Odatda, G. o’zining S markazi va bir juft mos nuqtalari b-n beriladi va bunday belgilanadi: H(S, A, A’). G. Joylarni menzula asosida planga olishda, yasashga doir masalalarni echishda va pantograf yordamida o’xshash nusxalarni ko’chirishda qo’llaniladi.