Gondvana

Gondvana (Hindistonning marka- ziy qismida yashovchi gondlar qabilasi va Van — joy nomidan) — paleozoyning ko’p qismi va mezozoyning boshlarida Jan. yarim sharda mavjud bo’lgan ulkan superkontinent. G. hoz. Jan. Amerika- ning (and tog’laridan sharqi) va Afri- kaning (Atlas tog’laridan tashqari) ko’p qismini, Madagaskar o., Arabiston ya. o., Hindiston (Himolay tog’laridan janu- bi), Avstraliya sharqidagi tog’tizmalari- dan g’arbi va, ehtimol, Antarktidaning ko’p qismini o’z ichiga olgan. G.ning mav- judligi gipotezasi tarafdorlarining fikricha proterozoy va yuqori karbon davrida g.ni muzlik qoplagan. Yuqori karbon muzligining qoldirgan izlari Markaziy va Jan. Afrika, Jan. Ameri- kaning Jan.da, Hindiston va Avstraliya- da saqlangan. Karbon va Perm davrlari- da g.da mo”tadil va sovuq, mintaqaning o’ziga xos florasi rivojlangan. Mezozoy davrida g. parchalana boshlagan, bo’r dav- ri oxiri—paleogen davrining boshla- rida esa g. xrz, materiklarga bo’linib ketgan. Ko’pchilik geologlar fikricha, G.ning bo’linib ketishiga uning hoz. bo’laklarini gorizontal bo’ylab ikki tomonga surilishi sabab bo’lgan. Bunday jarayon paleomagnetizm ma’lumotlari bo’yicha isbotlangan. Ba’zi bir olimlar hoz. qit’alar g.ning parchalaridan tar- kib topgan deb hisoblaydilar.