Gonfalonyer
Gonfalonyer (italyancha gonfalonaier-ayni ma’nosi bayroqdor)-1) Italiya shahar-respublikalarida XIII-XV asrlarda shahar mavzelari bo’yicha yig’ilgan ko’ngillilar qo’shini boshlig’i; 2) adolat Gonfalonyeri-Florentsiyada 1289 yildan priorat boshlig’i, medichilar hukmronligi davrida (XV-XVIII asrlar) shahar magistrati boshlig’i; 3) cherkov Gonfalonyeri-Papa davlatida qo’shinlar bosh qo’mondonligini amalga oshirgan amaldor.