Go’ngxo’r qo’ng’izlar

Go’ngxo’r qo’ng’izlar – hayoti go’ng b-n bog’liq bo’lgan qo’ng’izlarning ekologik guruqi; Aphodinae, Geotrupinae, Scarabaeinae, Coprinae va b. kenja oila- larga mansub bir qancha turlarni o’z ichiga oladi. Ko’pchilik turlarining qurtlari go’ng b-n oziklanadi, ayrim turlari, mas, o’rmon g. q. (Ceotrupes stercorosus)ning li- chinkasi chiriyotgan o’rmon to’shalmasida oziqlanadi. Aphodius avlodi vakillari o’simliklarning yosh ildizlarini zarar- laydi, kravchiklar o’z inida qurtlari uchun o’simlik maysalarini yig’adi. Ko’pchilik G.q. nasli haqida g’amxo’rlik qiladi. G.q — organik moddalarni faol parchalovchilar. Ko’pchilik turla- ri gelmintlarning oraliq xo’jayini hisoblanadi.