Goplitlar

Goplitlar (hoplitai) — Yuno- nistondagi og’ir qurollangan piyoda askarlar (mil. AV. 5-4-a.lar). Ular uzun nayza, kalta qilich b-n qurollanib, qalqon, dubulg’a va sovut kiyishgan. G. 8 qatordan 25 qatorgacha saf tortib jips holda jangga otlanganlar. Jang pay- tida oldingi ikki qator jang qilgach, orqadagi qatorlar oldingilarni siqib turgan va safdan chiqqanlarning o’rnini to’ldirgan. G. o’rta mulkdorlar bo’lib, o’z hisoblaridan qurollanganlar. Mil. AV. 4-a.da o’rta mulkdorlarning xonavay- Ron bo’lishi tufayli g. o’z ahamiyatini yo’qotib, asta-sekin yollanma askarlar b-n almashtirilgan.