GO’RGON

GO’RGON — Eronning shimoldagi daryo. Uzunligi 251 kilometr. Turkmaniston-Xuroson tog’laridan boshlanadi. Go’rgon tekisligidan oqib o’tib, Kaspiy dengiziga quyiladi. Qish va bahor oylarida to’lib oqib, qolgan vaqtda kamsuv. Sug’orishda foydalaniladi. Quyilish joyida baliq ovlanadi.