GO’RIFOTIMA

GO’RIFOTIMA (yuqori oqimida gul- xossoy, o’rta oqimida Tog’chisoy) — sur- xondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy. To’polondaryoga chapdan quyiluvchi Obizarang (Dashnobod) daryosining chap irmog’i. Uz. 22 km, havzasining mayd. 116 km2. Navoiy tog’lari (3836 m)dan oqib tushuvchi o’ndan ortiq irmoqlarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Suvining asosiy qismi Tojikiston Respublikasi hududida vujudga keladi. G. asosan qor, yomg’ir, buloqlar va qisman muzliklar Su- vidan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi 1,46 m3/sek. Suvining asosiy qismi (70%) mart-iyunda oqib o’tadi, eng sersuv oy- lar — apr. (4,17 m3/sek), iyun (3,78 m3/ sek), nisbatan kam suvli davr — sent.- yanv. (o’rtacha 0,50 m3/sek). G.da ba’zan sel toshqinlari bo’lib, suv sarfi keskin or- tadi (21 m3/sek, 1976 y. 29 apr.). G. suvi- ning asosiy qismi sug’orishga sarflana- Di.