Gorizont
Gorizont (yunoncha gorizo – cheklayman), ufq – yer yuzasining ochiq, tekis yerda (masalan, dengizda) atrofimizda ko`ringan bir qismi. Gorizont doira shaklida bo`lib, kuzatuvchi shu doiraning markazida turadi. Balandga ko`tarilgan sari gorizont kengaya boradi: o`rta bo`yli odam tekis joyda taxminan 4,5 km gacha masofani ko`radi, 10 m balandlikdan 11,3 km, 100 m balandlikdan 35,7 km, 1000 m balandlikdan 121 km, 5 km balandlikdan 271 km masofagacha ko`rinadi. Yer bilan osmon bir-biriga tegib turganday ko`ringan chiziq gorizont chizig`i deyiladi.