Gorizont

Gorizont (geol.) — mahalliy stra- tigrafik bo’linma, taxm. Stratigrafik zonaga muvofiq keladi. Paleontolo- gik belgilari tog’jinslari tarkibi, paleoiqlim va b. xususiyatlarga qarab ajratiladi. G.ga eng yaxshi o’rganilgan svitaning nomi beriladi. G. turli li- tologik tarkibli, ba’zan ma’lum hayvon qoldiqlarini o’zida saqlagan tog’jin- slari kompleksidan (mas, Qrim-Kavkaz oblastidagi chokrak neogen kompleksi) tashkil topadi. Ba’zan ma’lum litolo- gik yoki paleontologik xossaga ega bo’lgan yupqa qatlamlar majmui ham g. Termini b-n ataladi. G. ayrim r-nni geologik rivojlanishining ma’lum bosqichida hosil bo’ladi. G.ga, odatda, geografik nom beriladi.