GORLOVKA

GORLOVKA — Ukrainaning Donesk viloyatidagi shahar (1932 yildan). Temir yo’l tuguni. Donesk shahridan 53 kilometr shimoli- Sharqda. Aholisi 316 ming kishi (1997). Toshko’mir, mashinasozlik, kimyo, koks kimyosi, oziq-ovqat, yengil, yog’ochsozlik sanoati korxonalari, simob kombinati, tarix muzeyi, badiiy muzey, chet tillari pedagogika instituti bor. Gorlovkaga 1867 yil asos solingan.