GO’RO’G’LIXON

GO’RO’G’LIXON — “Go’ro’g’li” turkumidagi dostonlarni jamoat o’rtasida qiroat bilan o’quvchi, yoddan aytuvchi kishi. Go’ro’g’lixonlar xalq baxshi-shoirlari kabi asarga ijodiy yondashmaganlar — versiya, variant yaratmay, kitobda yozilganini yod olib, xonandalar singari kuylaganlar. Bu jihatdan ular qissaxonlarga yaqin turadi. 19-asrning 2-yarmi va 20-asrning boshlarida Sulton shoir (Samarqand viloyati), Nishon ota (Toshkent viloyati) kabi mashhur Go’ro’g’lixonlar bo’lgan.