Goroskop

Goroskop (Yun. horoskopos — vaqtni kuzatuvchi), tolenoma — muayyan vaqt uchun sayyoralar va yulduzlarning bir-biriga nisbatan egallagan vaziyatla- rini ifodalovchi jadval. Odam tug’ilgan yoki biron-bir muhim voqea yuz bergan paytda osmondagi sayyoralarning va- ziyatiga muvofiq ravishda ular g.ning 12 “uyasi”ga joylashtiriladi. G. Ilmi nujum (astrologiya), munajjimlikda qo’llaniladi. G.ga ko’ra, go’yo Sayyora va yulduzlarning o’zaro vaziyatlariga asos- lanib o’ziga xos usullardan foydalanib kishilarning takdirini, voqealarning rivojini aytib berish mumkin emish. Ilgari hukmdorlar munajjimlarning fatvosisiz biror muhim ishni (mas, urushni) boshlashmagan. G. bo’yicha bun- Day “fol ochish”ning samarasi ilmiy jihatdan asoslangan emas.