Gorst

Gorst (nem. Horst — do’nglik, ba- landlik) — er po’stining uzilmalar bo’yicha yuqoriga ko’tarilgan qismi. G.ning o’lchami turlicha — uzunasiga yuz- lab km ga, eni bir necha o’n km ga etadi. G. bo’ylama — yo’nalishi tog’jinslari- ning deformasiyalashgan yoki burmali tog’lar yo’nalishiga yaqin; ko’ndalang — yo’nalishi burma o’qiga ko’ndalang; qiya — Nishab tekisligi barcha maydonda bir tomonga qiya; bir tomonlama — faqat bir tomondan irg’itma yoki uzilma b-n chega- ralangan; ponasimon — pastga tomon torayib boruvchi; oddiy — hamma tomo- nidan faqat birgina irg’itma yoki uzilma b-n chegaralangan; murakkab (zinasimon) — bir necha uzilmalar b-n ajralgan, bur- Mali — qatlamlar burmalangan xillarga bo’linadi. G. O’zbekistondagi tog’larda ko’p uchraydi.