GO’SHTQIYMALAGICH

GO’SHTQIYMALAGICH – go’sht maydalaydigan asbob yoki mashina. Go’shtqiymalagich tana (korpus), shnek (vintsimon o’q), pichoq, to’r, gayka va dastadan iborat. Ro’zg’orda (qo’l bilan ishlatiladigan Go’shtqiymalagich), go’sht mahsulotlari tayyorlaydigan korxonalarda, savdo korxonalari va jamoat oshxonalarida (elektr Go’shtqiymalagich) ishlatiladi. Go’sht bo’laklari mashinaga solib turiladi, shnek hosil qiladigan bosim go’shtni pichoq va teshikli to’r orqali o’tishga majbur qiladi. Go’shtqiymalagichga teshiklari turli o’lchamdagi to’r qilib, istalgan mayda- yiriklikdagi qiyma chiqarish mumkin.