Gospital

Gospital (Yun. hospitalis — mehmondo’st) — yotib davolanishga mo’ljallangan harbiy tibbiyot muassasa- si. G.da harbiy xizmatni o’tayotgan askar- lar va ofitserlar, ularning oila a’zola- ri hamda mudofaa vazirligining xodim- lariga tibbiy yordam ko’rsatiladi. G.da davolashdan tashqari, harbiy ekspertiza o’tkazish, harbiy qismlardagi vrachlarga davolash-profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda yordam berish, harbiy tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish kabi vazifalar bajariladi. Urush vaqtida yarador va bemorlarga tez yordam ko’rsatadigan polk, diviziya, ar- miya ko’chma harbiydala g.lari va front orqasida joylashgan g.lar farq qilinadi. Turkistonda birinchi g. 1869 y.da tosh- kent sh.da ochilgan. Hozir Toshkentdagi 2 ta g.ning Jizzax, Kattaqo’rg’on, Navoiy, Samarkand, Taxiatosh, Termiz, Farg’ona, Chirchiq va qarshi sh.larida filiallari faoliyat ko’rsatadi.