Gossek (Gossec) Fransua Jozef

Gossek (Gossec) Fransua Jozef (1734.17.1, Belgiyadagi Verni sh,— 1829.16.2, Passi, Parij yonida) — Fran- suz kompozitori, dirijyor, pedagog. Frantsuz simfoniyasi, Milliy musiqa in-ti (1795 y.dan konservatoriya) asoschi- si, Frantsiya in-ti (akademiyasi) a’zosi (1795 y.dan). 1816 y.gacha Parij konserva- toriyasining bosh inspektori va prof. 29 simfoniya, 20 dan ortiq opera, bir necha oratoriya, messa, kvartet, puflama sozlar orkestri uchun asarlar (jumladan, 3 sim- Foniya) va b. muallifi. Buyuk Frantsuz inqilobi g’oyalari ta’siri ostida yangi musiqa janri (ommaviy qo’shiq, motam marshi), uslub va ijro turlari (yirik, ulug’vor vokalsimfonik asarlarni katta maydonlarda ommaviy tarzda ijro etish) ni kashf etgan, musiqa ta’limi tizimi- ni isloh qilgan.