Gova

Gova (fors, ho’kiz) — qad. Sug’diyona o’lkasining alohida muzofoti. Avesto kitobida Zarafshon vodiysi haqida ga- pirilib, “Sug’uda” (Sug’d) nomi b-n bir- ga “g.”nomi ham tilga olingan. Undagi ma’lumotga ko’ra g. hoz. Samarkand vilo- yatining Sharqiy tumanlarini o’z ichiga olgan va suvga serob, chorvasi ko’p obod joy bo’lib, axrlisi farovon turmush kechirgan. Afsonalarda G. odam boshli ho’kiz (Govmard) obrazida tasvirlanadi. Xorazmda u “Jovmard qassob” (“Govmard qassob”) nomli epik qahramon obrazi- da tilga olinadi. Samarkand yaqinidagi Talli Barzu xarobasi qazilganda, mi- lodning boshlariga oid bir xum sinig’i topildi, unda odam boshli ho’kiz surati tasvirlangan.