G’ovak beton (gazobeton)
G’ovak beton (gazobeton) – g’ovakli betonning bir turi bu beton bog’lovchi, qum va suvnbing gaz hosil qiluvchi qo’shimchalar aralashmasidan olinadi. Gazobeton tayyorlash uchun portlandtsement yoki aralash, masalan, portlandtsement, ohak va maydalab granulalangan shlak aralashmasi bog’lovchi sifatida xizmat qiladi; kvarts (maydalangan yoki quruq holatda) qumi uning kremnezemistli komponenti hisoblanadi. Alyuminiy kukuni ko’pincha gaz hosil qiluvchi modda vazifasini bajaradi. Masalan: yuqori bosimda tayyorlangan g’ovak beton, ko’pchigan g’ovak beton, og’ir g’ovakli beton va hokazolar.