Govkushon majmuasi

Govkushon majmuasi — bu- xorodagi me’moriy yodgorlik (16-a.) Jo’ybor xojalari qurdirgan madrasa, masjid, minora, hovuz va saroydan ibo- rat majmua (Govkushon — qassoblar bo- zori). Madrasa va masjidning o’rtasidan Shoxrud arig’i o’tgan. 1930-y.larda hovuz ko’mib tashlangan. Madrasaning Sharqiy tarafi ikki qavatli, yon va orqa tomoni- da bir qavatli hujralar va mezana bor. Peshtog’i g’arbda. Ravoq ustidagi qanosi o’simliksimon sirkori naqshlar, kitoba qismi esa suls xati bilan bezalgan. Ki- raverishda, o’ngda xonaqohmasjid (dars- xona) bor. O’rtadagi hovli (25×35 m)ning to’rt tomoni hujralar b-n o’ralgan. Xo’ja masjidi kirish peshtog’i, hovli atro- Fi g’ishtin ravoqli ayvonlar, xonaqoh va minoradan tashkil topgan. Minora (bal. 19,5 m)ga masjid tomidagi ravoqli ko’prik orqali chiqilgan. Minora turli shakldagi g’ishtlardan terilgan. Naqshlar yuqoriga tomon noziklasha borib, fonus- ning ravoqli darchalari b-n birga Mino- raga nafislik bag’ishlaydi.