Goyya, Goyya-i-Lusentes (Goya u Lucientes) Fransisko Xose de

Goyya, Goyya-i-Lusentes (Goya u Lucientes) Fransisko Xose de (1746.30.3, Saragosa – 1828.16.4, Bordo) — ispan rassomi. Madrid ba a’zosi (1780). 1786 y.dan saroy rassomi, 1799 y.dan qirolning bosh rassomi. Saragosada (X. Lusanimartinesdan) va Italiyada (1769-71) ta’lim olgan. G.ning erkse- var san’ati o’zining dadilligi, jo’shqin ehtirosi, ijtimoiy yo’nalishi b-n ajra- lib turadi. 1773 y.dan Madridda yashagan. F. Baye ustaxonasida ishlagan, qirol shpaler manufakturasi uchun 60 dan ortiq namoyon (kartina)lar yaratgan. 1780 y.lar boshidan portretchi sifatida Shuhrat qozonadi, asarlarida hashamatlilik o’rnini asta-sekin sirlilik, dilkash- lik, engil kinoya egallaydi (“Markiza Solan portreti”, 1792; “Gersogina Al- ba portreti”, 1795; “Qirol Karl IV oi- lasi”, 1800 va b.); devoriy rasmlarida diniy mavzularni hayotiy ko’rinishlar tarzida ifodalaydi (San Antonio de la Florida cherkovi kapellasi, 1798, Ma- dridda; Karning uyi, 1820-23 va b.). Grafika asarlarida g.ning ulkan iste’- dodi namoyon bo’ldi (“Kaprichos” turku- mi, 80 varakda rassomning izohli matni b-n, 1797-98; “urush ofatlari” turku- mi, 22 varaqda, 1810-20 va b.), yirik kartinalari (“1808 y. 2 dan 3 mayga o’tar kechasi qo’zg’olonchilarni otib o’ldirish”; “Madriddagi 1808 yil 2 may qo’zg’oloni”, ikkalasi ham taxm. 1814 va b.)da davri- ning eng muhim voqealarini yorqin aks ettiradi. G. ijodi umumevropa badiiy madaniyatiga kuchli ta’sir ko’rsatgan, bu ta’sir 20-a.gacha sezilib turadi.